22 iyu 19:46
Yangiliklar
Abduraimova "Uimbldon" turniri yarim finalida kortga chiqdi
Xabaringiz bor, musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'rayotgan edi. Kecha vakilamiz saralashning ilk davrasida turkiyalik Ipek Ozni 0:6, 6:4, 6:2 hisoblarida mag'lub etib, ikkinchi bosqichga yo'l olgandi.
Afsuski, yarim finalda mamlakatimizning birinchi raketkasi lixtenshteynlik Fon Dayxmannga imkoniyatni boy berib qo'ydi. WTA reytingida 183+o'rinni egallab turgan Fon 74 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6/4, 6/4 hisobida zafar quchib, saralashning finaliga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Nigina WTA reytingida 204-pog'onadan joy olgan. Kecha Abduraimova tomonidan mag'lub etilgan Ipek Oz esa dunyoning 168-raketkasi bo'lib turgandi. Bugungi uchrashuvda Nigina 2 ta eys zarbani ijro etib, 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan.
Fikrlar