12 may 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Abrorjon Qodirov Xabarovskdagi musobaqada oltin medal sohibiga aylandi
Rossiyaning Xabarovsk shahrida Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etib bormoqda.
Biroz avval -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abrorjon Qodirov final jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi jangda yaponiyalik Tanaka Riomiga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, bokschimiz Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar