06 noy 07:18
Yangiliklar
Dzyudo
Afrika qitasidan qo'shma yig'inning so'nggi ishtirokchilari etib keldi
Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi dzyudo markazida besh davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda.
Bugun tong saharda yig'inning so'nggi ishtirokchilari - Misr terma jamoasi poytaxtimizga etib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qohira - Istanbul - Toshkent avia reysi bilan kelgan Ehromlar yurti dzyudochilari federaciya mutasaddilari kutib olishdi.
Malumot uchun, Misr delegaciyasi 14 kishidan iborat. Ulardan ikki nafari murabbiylar - Atif Mustafo va David Margoshvili. Afrikalik dzyudochilarning poytaxtimizda tashkil etilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida 20 noyabrga qadar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar