12 avg 19:03
Yangiliklar
Tennis
Afsonaviy Pit Samprasni tabriklaymiz!
Bugun amerikalik tennis afsonasi Pit Sampras o'zining 49 yoshini nishonlamoqda.
Pit Sampras 1971 yil 12 avgust kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida dunyoga kelgan. Professional faoliyatini 1988 yilda boshlagan. Faoliyati davomida 64 ta ATR turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. O'n to'rtta "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarda chempion bo'lgan. Tennisdagi faoliyatidan 43,280,489 dollar ishlab topgan. Reklamalardagi daromadi bu summaga kiritilmagan.
Sampras ilk bor 1993 yilning aprel oyida ATR reytingida birinchi o'ringa ko'tarilgan. Pit sayyoramizning birinchi raketkasi sifatida jami 286 haftani o'tkazgan. Qatorasiga olti mavsum (1993-1998 yillar) reyting peshqadami sifatida yilni yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar