30 iyu 17:38
Yangiliklar

Afsonaviy Riner Olimpiadada ikkinchi marta mag'lub bo'ldi, uni ilk marotaba o'zbek sportchisi taslim etgandi
Bugun franciyalik afsonaviy dzyudochi Teddi Riner Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritdi.
U chorak finalda rossiyalik Tamerlan Bashaevga yutqazib qo'ydi. Keyin esa ikkita bahsda g'alaba qozonib, bronza medaliga ega chiqdi.
Qayd etish lozimki, bu franciyalik dzyudo afsonasi uchun Olimpiadalardagi ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. U ilk marotaba 2008 yilda hamyurtimiz Abdulla Tangrievga yutqazib qo'ygan va yakunda bronza medaliga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar