18 may 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Agar Las-Vegas rozi bo'lmasa navbatdagi UFC turniri qaerda o'tkazilishi haqida malumot berildi
UFC prezidenti Dana Uayt agar Las-Vegas rozi bo'lmasa, 30 mayga belgilangan turnirni bekor qilmoqchi emas.
"Hozircha 30 maydagi turnir qaerda o'tkazilishini bilmayman. Ammo, Las-Vegasga umid qilib turibmiz. Biz bu bo'yicha ishlayapmiz. Agar Apex arenasida turnirni o'tkaza olmasak, bundan afsuslanamiz. Lekin yana qaerga borishimiz mumkin? Arizona? Yuz foiz. O'sha erga boramiz.
Jangchilar oroli? Hozircha aytishim qiyin. Menda jangchilar etishmovchiligi yo'q. Odamlar shug'ullanishmoqda, jang qilishni istashyapti. Kimgadir jang tashkil qilish bo'yicha muammolar ko'rmayapman. Rouz Namayunasdan boshqa sportchilar ham bor. Hozir jang qilish uchun muammolar bor deb o'ylamayman", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar