03 mar 17:42
Yangiliklar
Tennis
Akapulko. De Minaur bosh sovringa ega chiqdi
Meksikaning Akapulko shahrida nufuzli ATP musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi bahsda sayyoramizning 9-raqamli tennischisi Aleks De Minaur Kasper Ruudga qarshi kortgas chiqdi. 1 soat 58 daqiqa davom etgan bahsda Aleks raqibini ikki setda ham bir xil 6:4, 6:4 hisoblarida taslim etdi va ATP 500 musobaqasida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba De Minaurga 500 reyting ochkosi va 412 ming dollar olib keldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar