So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

20 noy 19:50
Yangiliklar

Boshqalar

Aks-sado: Soha rivoji uchun yana bir dolzarb hujjat

Teglar :  Futbol
Bugun elon qilingan qaror ko'plab sohalar kabi Jismoniy tarbiya va sport sohasiga yangi imkoniyatlar hamda vazifalar eshigini ochib beradi.

Avvalambor bu hujjat ko'pchilik soha mutaxassislarini shu kunga qadar munozara va bahslarga sabab bo'lib kelgan O'zbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari bo'yicha trenerlar mehnatiga haq to'lashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar har 5 yilda attestaciyadan o'tkaziladi. SHuningdek, qaror bilan bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi, respublika oliy sport mahorati maktablarining direktorlari, direktor o'rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlari mehnatini munosib rag'batlantirish belgilandi.

Barcha sport maktablari va maktab-internatlari xodimlarining maoshlari sezilarli darajada oshirildi. Bu holat bugungi kunda soha xodimlarining ish faoliyatini o'z malakalariga tayangan holda yanada yuqori natijadorlikka olib chiqishga va o'z ishiga yanada jiddiy masuliyat bilan yondashishlariga omil bo'lib xizmat qiladi.

Ko'pchilik endigina o'z ish faoliyatini boshlash arafasida turgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ilgari oliygohni tugatgach, trenerlik faoliyatini boshlashi uchun attestaciyadan o'tishi, eng yomoni, buning uchun pul to'lashi majburiy edi. Endi esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari to'g'ridan-to'g'ri trenerlik sertifikatiga ega bo'lishadi.

«O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarorida attestaciya jarayonlari oshkoralik va shaffoflik asosida tashkil etilishi o'z ifodasini topgan. Jumladan, qarorga muvofiq endi trenerlar har besh yilda bir marta attestaciyadan o'tkaziladi, quyidagi holatlarda attestaciya boshqa muddatlarda o'tkaziladi. Yani, bola parvarishi tatilidan qaytgan ayollar - bir yilgacha, homilador, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo'lgan ayollar istisno tariqasida, attestaciyaga jalb etilmaydi va komissiya qarori bilan ruxsatnoma muddati ular ishga chiqqunga qadar uzaytiriladi. SHuningdek, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat, qaysiki uch oydan ortiq davolanayotgan shaxslarga davolanish yakunlanishidan so'ng komissiya qarori bilan ishga chiqqunga qadar bo'lgan muddat belgilanadi. Qolaversa, sud hukmiga asosan trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish man etilgan shaxslar ham attestaciyaga qo'yilmaydi. Yana qarorga muvofiq trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlar to'rt oydan oshmagan muddatda belgilangan tartibda yangi ruxsatnoma olgunicha mehnat faoliyatini davom ettirishga haqli ekanligi belgilab qo'yilgan. Bu ham yurtimizda inson qadri har narsadan ulug' ekanligining yorqin ifodasidir.

Husan Nasrullaev

Sport o'yinlari bo'yicha
Respublika Oliy sport mahorati maktabi
katta instrukor - metodisti
 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing