15 fev 12:15
Yangiliklar
Sport kurashlari

Aktenge Keunimjaeva Belarusdagi musobaqa vice-chempioni bo'ldi
SHu kunlarda Belarusning Minsk shahri erkin va ayollar kurashi bo'yicha Aleksandr Medved 54-xalqaro xotira turniriga mezbonlik qilmoqda.
Etiborlisi, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Aktenge Keunimjaeva sovrindorlar safidan joy oldi. 50 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Aktenge finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Natalya Varakinaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, terma jamoamizning 25 yoshli vakilasi kumush medalga ega chiqdi. Yanvar oyida Keunimjaeva Rossiya Federaciyasida o'tkazilgan "Ivan Yarigin" xotira turnirida bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar