25 okt 08:25
Yangiliklar
Futbol
"Al Hilol" markaziy o'yinda "Al Ittihod"ni mag'lub etdi
Saudiya Arabistoni chempionatining 6-turi doirasidagi markaziy uchrashuv "Al Ittihod" - "Al Hilol" qarama-qarshiligi riyodliklarning g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Ushbu o'yinda "Al Hilol" mehmonda o'ynaganiga qaramay, ishonchli 2:0 hisobidagi g'alabaga erishib, turnir jadvalida peshqadam "Al Nassr"ga yaqinlashib oldi. Turnir jadvalida 5 ta o'yinning barchasida g'alaba qozongan Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi "Al Nassr" 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Bitta o'yin ko'p o'tkazgan "Al Taavun" jamoasi hisobida ham 15 ochko bor. Kechagi g'alabasi evaziga "Al Hilol" 14 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Havola :
Fikrlar