24 avg 13:40
Yangiliklar

"Al Ittihod" 18 yoshli futbolchiga 50 mln evro to'lashga tayyor
Saudiya jamoasi yarim himoyachining transferi uchun 50 million evro taklif qilgan. Biroq "Portu" futbolchini 70 millionga sotmoqchi. Saudiyaliklar muzokara orqali kelishuvga erishishni istamoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, "Al Ittihod" futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokara olib boradi. Sababli "Portu" futbolchining istagisiz, Morani Osiyo jamoasiga sotmoqchi emas.
2007 yilda tug'ilgan futbolchi "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri Morani 40 million evroga baholagan.
Futbolchi o'tgan mavsum 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va yana 4 ta golga assistlik qilgandi.
Fikrlar