12-tur doirasida "Al Ittifoq" mehmoni bo'lgan Ronaldu jamoadoshlari 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'lishga majbur bo'lishdi. Mezbonlardan har ikkala golni "Liverpul"dagi o'yinlari bilan tanilgan Veynaldum kiritdi, mehmonlardan esa Feliks hamda Ronaldu gol urdi.
90+3-daqiqada Kingli Koman ustunni poyladi, "Al Nassr" katta ustunlikka ega bo'lganiga qaramay g'alaba qozona olmadi. Ayni paytda "Al Nassr" jadvalda 31 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Al Hilol" zaxiradagi o'yinini yutsa, oradagi farq ikkitaga qisqaradi.
"Al Ittifoq" – "Al Nassr" 2:2
Gollar: Veynaldum 16, 80 – Feliks 47, Ronaldu 67

Fikrlar