19 okt 15:27
Yangiliklar
Tennis
Albert Ramos hakamlarga kort sifatsizligidan shikoyat qildi
Ispaniyalik tennischi Albert Ramos Neapoldagi kortlarni sifatsiz deb hisoblamoqda.
U birinchi setda 0:2 hisobida ortda borayotgan bir pallada o'yinni to'xtatib, hakamlarga kortning sifatsiz ekanidan shikoyat qildi. Qizig'i, uning raqibi Nunu Borgesha bu borada hech qanday shikoyat qilmadi.
Avvalroq, tashkilotchilar Neapolda davom etayotgan ushbu musobaqaning saralash bosqichini tennischilar shikoyati sabab shaharning boshqa chekkasida o'tkazishga qaror qilgan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar