20 iyu 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Aldo chempionlik jangiga loyiq"
UFC prezidenti Dena Uayt sobiq chempioni Joze Aldo haqidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Men uning Moraes bilan jangiga qanday munosabatda ekanligim haqida juda ko'p marotaba gapirdim. Odamlar aynan uning g'alaba qozonganini sezishgandi.
Joze Aldo - UFCning eng qattiq jangchilaridan. U bilan Sexudo ham jang qilishni istagandi va u kamar uchun keyingi navbatda turgandi.
Agar siz Aldo chempionlik jangiga loyiq emas deb hisoblasangiz jangni ko'rmang. O'zingizga yoqmagan narsani tomosha qilmang. Joze kamar uchun jang qilishga loyiq emas deb hisoblash kulguli", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Aldo 11 iyul kuni "Jangchilar oroli"da Petr Yanga qarshi vakant bo'lib turgan engil vazn chempionligi uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar