11 okt 14:58
Yangiliklar
Tennis
Aleksandr Zverev Indian-Uells Masters turnirini g'alaba bilan boshladi
Jahonning to'rtinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev Indian-Uells Masters turnirining ikkinchi bosqichida ATP reytingida 76-o'rinni egallab turgan amerikalik Jenson Bruksbga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 46 daqiqa davom etgan uchrashuvda 24 yoshli Zverev 20 yoshli raqibini 6/4, 3/6, 6/1 hisobida mag'lub etdi. Bu sportchilarning birinchi rasmiy uchrashuvi edi.
BNP Paribas Open turnirining uchinchi bosqichida Zverev britaniyalik Endi Marrey bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar