06 jan 10:41
Yangiliklar
Alijonovning transferi nima uchun barbod bo'ldi?
"Persepolis" bosh direktori Peymon Haddodining jonli efirda malum qilishicha, "Paxtakor" Hojiakbar Alijonov uchun 800 ming dollar so'ragan, eronliklar esa 400 ming dollar taklif etgan.
Keyinchalik ikki klub vakillari 650 ming dollar bo'yicha bir to'xtamga kelgan. SHundan so'ng "qizillar" futbolchining o'zi bilan "1,5+1" ko'rinishidagi kelishuvga erishgan.
Biroq jarayonga eronlik ayrim kimsalar aralashib, so'nggi kunlarda Eronda ro'y berayotgan norozilik namoyishlari aks etgan suratlarni Alijonov va uning onasi va "Paxtakor" klubiga yuborib, "Persepolis"dan pulni darhol oling" degan mazmunda xabarlar yo'llagan.
Yakunda "sherlar"da ikkilanish paydo bo'lgan va Alijonovni jamoaning muhim bo'lagi sifatida qo'yib yubormaslik qaroriga kelgan.
Fikrlar