04 jan 08:47
Yangiliklar
Futbol

Alisher Usmonov APL jamoasiga investiciya kiritmoqchi
Tadbirkor Alisher Usmonov aksariyat akciyalari biznes hamkori Farhod Moshiriga tegishli bo'lgan "Everton" klubiga sarmoya kiritadi.
"Financial Times" nashri xabariga ko'ra, Usmonov klubga investiciya kiritishning bir necha variantlarini ko'rib chiqmoqda.
"Men o'zim klub ishlarida mustaqil ravishda qatnashishim shart emas. Ularga homiylik qilishim mumkin. Men akcionerga aylanaman. Ular yangi stadion qurishmoqchi ekan, nega uni "USM Arena" deb nomlamasliklari kerak", - degan tadbirkor.
Eslatib o'tamiz, Usmonov 2018 yilda Londonning "Arsenal" klubidagi o'ziga tegishli 30% akciyani amerikalik milliarder Sten Kronkega sotib yuborgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar