So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

12 fev 14:42
Yangiliklar

Boshqalar

Alisher Usmonov Tomas Baxga Olimpiya harakatining eng noyob qo'lyozmasini sovg'a qildi

Teglar :  XOQAlisher Usmonov
Bir necha oy muqaddam AQSHdagi kim oshdi savdolarining birida zamonaviy Olimpiya o'yinlari asoschisi Per de Kubertenga tegishli qo'lyozmalar nomalum shaxs tomonidan rekord summada sotib olingani haqida xabar berilgandi.

Qo'lyozmalar uchun 8,806,500 AQSH dollari to'lagan inson nomi bugunga kelib ayon bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)manifestining qo'lyozmasi kim oshdi savdolar tarixida sportga aloqador eng qimmat buyum sifatida qayd etildi. Afsonaviy beysbolchi Beyb Rutning “Nyu-York Yankis” jamoasidagi libosi o'tgan yil 5.4 million AQSH dollariga sotilib, bungacha mazkur yo'nalishdagi rekord natija sifatida ko'rsatilgandi.

Malum bo'lishicha, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov mazkur noyob qo'lyozmalarni sotib olgan. Alisher Burxanovich bugun mazkur bitiklarni Lozannadagi XOQ muzeyiga topshirdi va uni tashkilot rahbari Tomas Bax qabul qilib oldi.

Mazkur qo'lyozma 14 varoqdan iborat bo'lib, zamonaviy Olimpiya o'yinlari asoschisi – baron Per de Kuberten tomonidan 1889 yil siyoh bilan qo'lda yozilgan va 1892 yili ilk bor ommaga o'qib-eshittirgan.

“Buugun barchamiz tarixga guvoh bo'ldik. Bir tomondan, tarixiy hujjatni, zamonaviy Olimpiya harakati asosi bo'lgan nutq matnini ko'ramiz. Ikkinchi tomondan, qo'lyozmalar o'zining asl joyi, Olimpiya uyiga etib kelishidek muhim voqelikka shohidmiz. Sizning himmatingiz imkonsiz narsaning ro'yosini ko'rsatib turibdi. Bunday yordamingiz bilan o'z tariximiz va asoschimiz belgilab bergan yo'nalish bo'yicha yurish imkoniyatiga ega bo'lamiz”, – dedi Tomas Bax.

O'z navbatida Alisher Usmonov ham tarixiy hujjatlarning asl joyiga etib borgani haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ushbu matn zamonaviy Olimpiya harakatining manifesti. Per de Kuberten dunyoni birlashgan sport musobaqalari bilan ko'rdi va ziddiyat, urushlarga aralashmadi. Ishonchim komilki, Olimpiya muzeyi bu bebaho hujjatni saqlash uchun eng yaxshi joy”, – dedi Alisher Usmonov.

Reyting:    

Fikrlar

   
12 fev 17:47:42
Сурхон Барлос
кураш тезроқ олимпга кирса эди....... хар олимпиадада ҳеч бўлмаганда 5 тадан олтин чўнтагимизда бўларди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing