25 dek 16:06
Yangiliklar
Alonso faqat bitta holatda "Bayer"ni tark etadi
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Real"dan taklif tushsagina lavozimini tark etishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, ispaniyalik mutaxassis boshqa klublar variantlarini ko'rib chiqmayapti va Germaniyada ishlashni davom ettirish niyatida. Alonso klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatlarga ega va uning oilasi Leverkuzenda baxtli yashaydi.
Murabbiyning klub bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq OAVda "Real" 2025 yilning yozida Alonsoni bosh murabbiylikka taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida malumot paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso "Bayer" boshqaruvini 2022 yilda qo'lga olgan. Jamoa uning qo'l ostida 2023/2024 yilgi mavsum chempionlik va Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Evropa Ligasi finaliga chiqdi.
Fikrlar