20 okt 18:49
Yangiliklar
Futbol

Alonso: "Real" Mbappega bog'lanib qolganmi? Men bunday demagan bo'lardim"
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa franciyalik hujumchi Kilian Mbappega butunlay bog'liqligiga ishonmaydi.
La Liganing 9-turidan o'rin olgan "Xetafe"ga qarshi o'yinda (1:0) Mbappe "Real"ning yagona goliga mualliflik qildi.
"Real" Mbappega bog'lanib qolganmi? Bunday demagan bo'lardim. Biroq biz uning ishidan juda xursandmiz. U o'z oldiga maqsad qo'yadi va o'yinda shuni ko'rsatadi. Garchi boshqalar ham unga yordam berayotgan bo'lsa-da. Gollar ochko olib keladi, ammo bu hammasi emas", – dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Mbappe 2025/26 yilgi mavsum madridliklar libosida Ispaniya chempionatida 10 ta gol urdi va to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.
Havola :
Manba : Madrid Universal
Fikrlar