27 okt 16:49
Yangiliklar
Futbol
Alonso Vinisiusning nojoiz xatti-harakatlariga munosabat bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Barselona" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin Vinisiusning o'zgarish vaqtidagi ishi haqida fikr bildirdi.
Braziliyalik futbolchi o'zining almashtirilganidan g'azablandi, murabbiyga qo'l bermasdan, tribunaostiga yo'l oldi va keyinroq qaytib chiqdi.

"Men bu lahzaga to'xtalib o'tirishni istamayman. Bu jamoa ichida muhokama qilinadigan narsa. Vinisius natijaga katta hissa qo'shdi. G'alaba haqli ravishda qo'lga kiritildi. Bizda boshqa imkoniyatlar ham bor edi va penalti ham. Biz o'zimizni yana raqobatbardosh jamoadek his etdik", – dedi Xabi Alonso uchrashuvdan keyingi intervyusida.
Havola :
Fikrlar