22 may 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvaresning keyingi jangi Meksikada o'tkaziladi
O'rta vaznda WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Saul Alvares keyingi jangini o'z vatanida o'tkazishini malum qildi.
Bu malumotni meksikalik bokschining promouteri Oskar De La Xoyya ham tasdiqladi.
"Alvares o'z yurtida jang o'tkazish istagini bildirdi. Men ham bu taklifni qo'llab-quvvatlayman. Lekin muammo shundaki hamma bokschilar ham Meksikaga borishni istashmaydi. Jahon chempionlarining esa Mexikodagi to'la stadionda Saul bilan jang qilishga yuraklari dov bermaydi", - dedi Oskar.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares yaqinda Las-Vegas shahrida Daniel Jeykobsni mag'lub etib, chempionlik kamarlarini birlashtirgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar