01 iyu 17:28
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi "Rolan Garros" chempioni to'rtinchi davraga chiqdi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Franciya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarida amaldagi chempion Iga Svyontek to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Polshalik tennis malikasi uchinchi bosqichda WTA reytingining 42-pog'onasida borayotgan chexiyalik Mari Buzkovani taslim etdi - 6/4, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Buzkova 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar chexiyalik tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik Iga tomonda - 4 ga 1! Endi u to'rtinchi davrada rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar