26 may 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan kutmoqchi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan jang qilishga shoshilmayapti.
"Agar arenada faqat sen, raqibing va referi bo'lsa o'zingni g'alati his qilasan. Bo'sh arena meni kurashishga chorlay olmaydi, shuning uchun barchasi joyiga tushgunicha kutib turaman. Men mashg'ulotlarni to'xtatib qo'yganim yo'q. SHuning uchun, qaytish muammo bo'ladi deb o'ylamayman.
Ishoning, ko'p marotaba sparringlarda qatnashganman. Lekin, u erda kayfiyat yo'q. Agar muxlislar bo'lsa, menda kayfiyat paydo bo'ladi. Boshqalarda qanday, bilmadim. Balki bunday holatlar omma oldida endi-endi jang qilayotgan yosh bokschilar uchun foydali bo'lar", - dedi Xan.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar