08 iyu 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana xolos! Xorxe Masvidalning murabbiyida koronavirus aniqlandi
UFC 251 turnirining markaziy jangi ishtirokchisi Xorxe Masvidalning murabbiyi Mayk Braunda koronavirus aniqlandi.
Bu malumotni Braunning o'zi ham tasdiqlab, hozir hammasi joyida ekanligini qo'shimcha qilgan. Avvalroq yarim o'rta vazn UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Gilbert Byornsda ham koronavirus aniqlangan va shu sabab bilan uning chempion Kamaru Usmanga qarshi jangi bekor qilingandi.
Usman - Byorns jangi uchta chempionlik jangini o'z ichiga oluvchi UFC 251 turnirining markaziy to'qnashuvi edi. Byorns safdan chiqqach, UFC uning o'rnini Xorxe Masvidal bilan to'ldirgandi. Hozircha tashkilot prezidenti Dena Uayt bu xabarga munosabat bildirmadi. Jangning o'tkazilish yoki bekor qilinishi ham malum emas.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar