11 jan 08:48
Yangiliklar
Voleybol
Andijonda voleybol bo'yicha xotira turniri bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF–6099-sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida respublikamiz bo'ylab sport musobaqalari muntazam o'tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatida ham turli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. SHunday sport musobaqalaridan biri voleybol bo'yicha bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa Andijon shahrida jismoniy tarbiya o'qituvchisi Z.Rasulova xotirasiga bag'ishlab o'tkazildi.
Mazkur «Vodiy ochiq turniri» musobaqasida sport maktablaridan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko'ra barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar