01 okt 10:05
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov 96-raketkaga yutqazib qo'ydi
Pekin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Kutilmaganda dunyoning oltinchi raketkasi Andrey Rublyov chorak final uchrashuvida reytingning 96-pog'onasida borayotgan mezbon tennischi Bu Yunchaoketega yutqazib qo'ydi - 5/7, 4/6. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bo'yicha ustunlik Bu tomonida bo'ldi. Xitoylik faoliyatida ilk bor Top-10`dagi tennischini taslim etdi. Endi u dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar