19 okt 09:21
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov bosh sovrinni begona qilmadi + FOTO
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Bir hafta davom etgan St.Petersburg Open turniri mezbon tennischining irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Dunyoning 10-raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 27-pog'onasidan joy olgan xorvatiyalik Borna CHorichni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/4.
Rublyov 2/5 hisobida ortda bora turib, birinchi setni o'z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo'ldi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob ham yiriklashdi - 3:0. Piterdagi muvaffaqiyatli ishtirok Andreyga $92,870 mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning faoliyatidagi oltinchi, mavsumdagi to'rtinchi sovrini bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar