16 iyu 14:17
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Bostadda 1/2 finalga chiqdi
SHveciyaning Bostad shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov bosh sovrin uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Rossiyalik tennischi 90 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida reytingning 53-pog'onasidan joy olgan serbiyalik Laslo Dereni 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Rublyov 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Andrey 2, Laslo 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar rossiyalikda 2 ta, serbiyalikda esa 5 tani tashkil etdi. Endi Rublyov finalga chiqish uchun argentinalik Sebastyan Baesga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar