29 fev 13:19
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Dubay turniri 1/4 finalida o'ynaydi
Dunyoning beshinchi raketkasi Andrey Rublyov Dubayda davom etayotgan turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi 1/8 finalda ATP reytingida 86-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Kazoni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Uchrashuv statistikasi:
Andrey Rublyov - 7 ta eys, 0 qo'shxato, 2 ta breyk
Artur Kazo - 16 ta eys, 2 ta qo'shxato, 0 ta breyk
Endi Rublyov 1/2 final chiptasi uchun amerikalik Sebastyan Kordaga qarshi kortga chiqadi. Korda o'z o'rnida niderlandiyalik Botika van de Zandshulpni mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar