29 sen 11:24
Yangiliklar
Tennis
Anett Kontaveyt yana bir sovrin sari yurishini boshladi
Dunyoning 23-raketkasi bo'lib turgan Anett Kontaveyt AQSHning CHikago shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning ikkinchi davrasiga yo'l oldi.
Estoniyalik tennis malikasi Chicago Fall Tennis Classic turnirining ilk davrasida WTA reytingining 87-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik Medison Brengldan 6/4, 6/3 hisoblarida ustun keldi.
Bir soatu 24 daqiqa davom etgan uchrashuvda Anett 4 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirdi. To'p uzatishda uchta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:0. Endi Kontaveyt ikkinchi bosqichda yaponiyalik May Xontamaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar