19 may 15:46
Yangiliklar
Basketbol

Maykl Jordanning 33 yil oldin kiygan formasi aukcionda juda qimmatga sotildi + FOTO
Bu basketbol afsonasini "CHikago Bulls" bilan ketma-ket uch marotaba chempion bo'lgan davrdan (1991-1993) qolgan yagona formasi sanaladi.
Sport Investors Authentication yozishicha, sportchi bu formada 1992 yilning 6 noyabridan 1993 yilning 24 martigacha (32 ta o'yin) mehmon o'yinlarida harakat qilgan. 1992-93 yilgi mavsum Jordan uchun muvaffaqiyatli kechgan.
Maykl o'sha mavsum "CHikago Bulls" safida MBA chempioni va ketma-ket ettinchi marotaba MBA`da ochko to'plash bo'yicha etakchilik qilgan. 1993 yilgi Sports Illustrated jurnali muqovasi uchun tushgan suratda Jordan aynan shu libosda bo'lgan edi.
Malumot uchun, Maykl Jordanning 1998 yilgi MBA finalida kiygan formasi aukcionda 10 million dollarga sotilib, rekord natijani qayd etgandi.
Havola :
Fikrlar