26 fev 14:06
Yangiliklar
Futbol
Angliya klublari CHempionlar Ligasida tarix yaratdi
UEFA CHempionlar Ligasining pley-off bosqichi javob o'yinida "Nyukasl Yunayted" uyda "Qorabog'"ni 3:2 hisobida mag'lub etib, umumiy 9:3 hisobi bilan keyingi bosqichga chiqdi.
"Nyukasl" UEFA CHempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqqan oltinchi Angliya jamoasiga aylandi. "Stats Foot" malumotiga ko'ra, bu — turnir tarixida ilk bor oltita ingliz klubi ushbu bosqichga etgan holat.
1/8 finalda Angliya nomidan "Manchester Siti", "Arsenal", "Liverpul", "Nyukasl Yunayted", "Tottenxem" va "CHelsi" o'ynaydi.
"Qorabog'"ga qarshi birinchi o'yinda "hakkalar" birinchi taymning o'zida beshta gol urib, 5:0 hisobida katta ustunlikni qo'lga kiritgandi. "Nyukasl" CHempionlar Ligasi pley-off o'yinida tanaffusgacha 5 gollik ustunlikka ega bo'lgan tarixdagi atigi ikkinchi jamoa bo'ldi.

Havola :
Fikrlar