09 dek 18:39
Yangiliklar
Futbol
Angliya terma jamoasi futbolchisi barda bir kishiga boshi bilan zarba bergani uchun hibsga olindi
"Al Ahli" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayven Touni Londondagi barda bir kishini boshi bilan urganlikda gumon qilinmoqda.
Bu haqda "The Sun" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, voqea jabrlanuvchi Touni bilan suratga tushish uchun uning bo'ynidan ushlaganidan keyin sodir bo'lgan. Keyinchalik u burni singanligi sababli tibbiy yordam so'ragan.
"29 yoshli gumonlanuvchi voqea joyida ikkita hujum va bitta bezorilik ayblovi bilan hibsga olingan. U garov evaziga ozod qilingan va tergov davom etmoqda", – deb xabar berdi gazeta London policiyasi bayonotidan iqtibos keltirgan holda.

Touni 2024 yilning avgust oyida "Al Ahli"ga qo'shilgan. U ushbu mavsum 18 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar