08 sen 17:18
Yangiliklar
Futbol
Angliya termasi Italiya va Germaniyaga qarshi o'yin oldidan asosiy darvozabonini yo'qotdi
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Everton" va Angliya terma jamoasi posboni Jordan Pikford safdan chiqdi.
Manbaning xabar berishicha, futbolchi son qismidan jarohat olgan. U Angliya chempionati doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:0) jabrlangandi.
Darvozabonning tiklanish davri taxminan bir oyni tashkil qiladi. SHu munosabat bilan u Angliya terma jamoasining Millatlar Ligasi doirasidagi Italiya (23 sentyabr) va Germaniya (26 sentyabr)ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
28 yoshli Pikford 2017 yildan beri Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. U terma jamoa safida jami 45 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol o'tkazib yuborgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar