05 may 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankaxas ettinchi bor kamarini himoya qildi
Birinchi engil vazn toifasida IBF chempioni Jervin Ankaxas bugun AQSHda o'z kamarini ettinchi marotaba himoya qildi.
Filippinlik 27 yoshli jahon chempioni yaponiyalik 33 yoshli davogar Ryuichi Funaiga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi.
SHifokorlar oltinchi raund boshlanishi oldidan Funaining jarohatlarini ko'zdan kechirishdi va jangni to'xtatish haqida qaror chiqarishdi. Ankaxas to'rtinchi raundda raqibiga 48 ta aniq zarba yo'llashga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar