22 avg 17:52
Yangiliklar
Futbol

APL klublari oyna yopilishidan oldin transfer rekordini yangilab bo'ldi
Angliya Premer-ligasi yana 10 kun oyna ochiq bo'lishiga qaramay, transfer rekordini yangilashga ulgurdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
APL klublari 2,37 milliard funt sterling sarflagan bo'lsa, avvalgi rekord 2023 yilning yozida 2,36 milliard funt sterling edi.
"Milan"ning shveycariyalik hujumchisi Noa Okaforning "Lids"ga 18 million funt sterlinglik transferi bu to'siqdan o'tishga yordam berdi.
Qayd etilishicha, APLning olti jamoasi allaqachon transfer xarajatlari bo'yicha klub rekordlarini yangilagan.
Havola :
Fikrlar