So’nggi yangiliklar

12:30Ислам Махачев навбатдаги жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 11:56Эберечи Эзе ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 11:35Ислам Махачев иккита чемпионлик камари билан Доғистонга қайтди (ВИДЕО) 0 11:14Италия терма жамоаси кетма-кет учинчи йил Дэвис Кубогида ғолиб чиқди! 0 10:53UFC'нинг кейинги турнири ўзбекистонлик мухлислар учун қизиқ ўтиши аниқ, унда Богдан Гусков жанг қилади 0 10:32"Динамо" етакчиси Ратиньо келаси мавсум қайси жамоада ҳаракат қилиши маълум 0 10:11Bellator собиқ чемпиони Ярослав Амосовнинг UFC'даги илк рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 09:50Бугундан Президент Олимпиадаси беллашувлари бошланади 0 09:29Ислам Махачев уч ой ўтиб, уйига қайтмоқда 0 09:08Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Ҳамробеков жамоасига қарши майдонга тушади 0 08:46Бугун Бухорода катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати бошланади 0 08:25Белбоғли кураш. Полвонларимиз Жаҳон Кубогида кучли учликдан жой олишди 0 08:04Ислам Махачев: "Шавкат Раҳмонов? Бир йил бекор ўтириб, камар учун жанг қилиш қанчалик тўғри?" 0 07:43"Насаф" – "Трактор" баҳсини малайзиялик ҳакамлар бошқаради 0 07:22Жорж Сен-Пьер UFC’нинг амалдаги Топ-5 жангчисини айтди 0

26 avg 10:41
Yangiliklar

APLning XXI asrdagi eng yaxshi to'purarlari

Teglar :  APL
Har dam olish kunlari Angliya Premer-ligasi o'n minglab odamlarni stadionlarda, o'n millionlab insonlarni esa televizor ekranlari qarshisida to'playdi.

Ushbu chemaionat shiddatli o'yinlar, ko'plab qiziqarli qarama-qarshiliklar, yuqori tezlik, ayovsiz kurash va albatta urilgan gollar soni bilan tomoshabinlarni o'ziga tortadi. Quyida APLning XXI asrdagi eng yaxshi to'purarlariga bir nazar solib chiqsak. 

Jeymi Vardi (272 o'yin, 133 gol)

Vardi nafaqat Lester aholisining, balki boshqa ko'plab ingliz shaharlarining ham sevimli futbolchisi hisoblanadi. Hozirgacha u futbol o'ynashni yaxshi ko'radigan oddiy yigit. Bundan roppa-rosa 10 yil avval, 2012 yilning iyulida Vardi 1,24 million evro evaziga "Flitvud"dan "Lester"ga o'tgan. 

Uning Premer-ligaga yo'li 2014 yilda boshlangan. Bir yil o'tgach, u Angliya chempioniga aylandi va 2015 yil iyun oyida milliy terma jamoadagi debyutini o'tkazdi. Vardi 27 yoshida Premer-ligada debyutini o'tkazdi va hozirda uning eng yaxshi to'purarlaridan biri hisoblanadi. 35 yoshida Jeymi "Lester"dagi uchinchi yoshligini boshdan kechirmoqda.

Robin van Persi (280 o'yin, 144 gol)

Van Persining Premer-ligaga yo'li 2004 yilning iyul oyida boshlangan. Keyin esa 4,5 million evro evaziga "Feyenoord"dan "Arsenal"ga o'tdi. Niderlandiyalik futbolchi London klubida 8 yil davomida to'p tepdi va barcha musobaqalarda 132 ta gol urdi. 

2012 yilning yozida u 30 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Sobiq hujumchi "qizil iblislar" tarkibida barcha musobaqalarda 58 ta gol urdi. "Yunayted"dan so'ng van Persi "Fenerbaxche"da o'ynadi va keyinchalik "Feyenoord"ga qaytdi. Ehtimol, u qachondir Premer-ligaga bosh murabbiy sifatida qaytadi.

Jermeyn Defo (496 o'yin, 163 gol)

Defo faoliyatini ko'p qismini "Tottenxem"da o'tkazgan. Jermeyn London klubida 11 yil davomida to'p tepdi. Biroq sobiq futbolchi bu vaqt ichida "shporlar" bilan faqat Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritgan. 

"Tottenxem"dan so'ng ingliz futbolchisi faoliyatini "Toronto", "Sanderlend", "Bornmut" va "Reynjers" klublarida o'tkazdi. Nihoyat, Defo faoliyatini 2022 yilning mart oyida yakunladi. Avgust oyidan esa "Tottenxem"ga qaytdi. Jermeyn "shporlar" akademiyasi murabbiylar shtabida ishlaydi va ehtimol, vaqti kelib asosiy jamoani boshqarishi mumkin.

Frenk Lempard (506 o'yin, 164 gol)

Lempard hujumchi emas edi, lekin hali ham Premer-liga to'purarlari ro'yxatida borligini ko'rish mumkin. Frenk Premer-ligada deyarli butun faoliyatini o'tkazdi. Sobiq yarim himoyachi "CHelsi"da 11 mavsum o'ynadi. 

London klubi bilan birgalikda Lempard milliy miqyosda hamma narsani, jumladan, CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi sovrinini qo'lga kiritdi. Frenk "ko'klar" afsonasiga aylandi, shundan so'ng u "Manchester Siti" va "Nyu-York Siti"da ham faoliyatini davom ettirdi. Nafaqaga chiqqanidan so'ng Lempard "Derbi Kaunti" va "CHelsi"ni boshqarishga muvaffaq bo'ldi va hozirda "Everton" bosh murabbiyi hisoblanadi.

Terri Anri (241 o'yin, 170 gol)

Bu futbolchi "Arsenal" va Premer-liga uchun muhim shaxslardan biri hisoblanadi. Franciyalik futbolchi 1999 yilning yozida "Yuventus"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. O'sha vaqtda uning transfer summasi 16 million evroni tashkil qilgan. Sobiq futbolchi "kanonirlar" bilan birgalikda CHempionlar Ligasidan tashqari barcha sovrinlarni yutgan.

Hujumchi "to'pchilar" safida 8 mavsum o'ynadi. SHundan so'ng uning faoliyatida "Barselona" va "Nyu-York Red Bullz" klublari ham o'rin olgan. Anri "Arsenal" va Franciya tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi. Nafaqaga chiqqanidan so'ng u "Monako" va "Monreal Impakt"ni boshqardi, hozirda esa Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesga yordam bermoqda.

Harri Keyn (283 o'yin, 184 gol)

Keyn butun faoliyatini "Tottenxem"da o'tkazdi. U "Leyton Orient", "Milluol" va "Norvich" klublarida ijarada o'ynagan. Ajablanarlisi shundaki, Harri Premer-liganing eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib, hali biror sovrinni qo'lga kiritmagan. Uning "shporlar" bilan hozirgacha erishgan eng yaxshi yutuqlari ikki marta Angliya Liga Kubogi finaliga chiqqani va CHempionlar Ligasi finaliga etib borgani bo'lib turibdi. 

Keyn yaqinda "Tottenxem"ni tark etmoqchi ham bo'ldi, ammo u hozir jamoada va Antonio Konte qo'l ostida yaxshi o'ynamoqda. Kim biladi deysiz, balki mutaxassis futbolchini birinchi kubogi sari etaklar.

Serxio Aguero (275 o'yin, 184 gol)

2011 yilning yozida Aguero 40 million evro evaziga "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Serxio faoliyatining 10 mavsumini "shaharliklar" libosida o'tkazdi. Argentinalik futbolchi "Manchester Siti" bilan 15 ta sovrin yutib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Angliyani tark etgach, Aguero "Barselona" o'tdi, ammo u erda o'zi rejalashtirganidek ko'p vaqt o'tkazmadi. Yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli hujumchi faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi. 

Ueyn Runi (491 o'yin, 208 gol)

Runi Premer-liganing XXI asrdagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Ueyn bu nomga loyiq edi, chunki u faoliyatining asosiy qismini Premer-ligada o'tkazdi. 2002 yilda ingliz futbolchisi "Everton"ning asosiy tarkibida debyut qildi va 2 yildan so'ng 37 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Runi 13 mavsum davomida "Manchester Yunayted" libosida to'p tepdi. SHundan so'ng "Everton", "Di Si Yunayted" va "Derbi Kaunti"da ham o'ynadi. 

Sobiq hujumchi mankunianliklar bilan birgalikda 16 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Runi barcha musobaqalarda 253 ta gol urgan va "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to'purardir. Qolaversa, u Angliya terma jamoasida ham 53 ta gol bilan peshqadam bo'lib turibdi. Ueyn bir kun kelib "Everton" yoki "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lishni orzu qiladi. Unga qadar u AQSHda "Di Si Yunayted" klubini boshqarishda davom etmoqda.

Samandarbek tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing