27 sen 13:36
Yangiliklar
Futbol

Arauxo "Barselona"dagi kelajagi haqida qaror qabul qildi
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo klubda uzoq vaqt qolmoqchi.
Urugvaylik futbolchini vaqti-vaqti bilan klubdan ketish bilan bog'lashda davom etishmoqda, biroq 26 yoshli futbolchi vaziyatni o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Arauxo faoliyatining oxirigacha "Barselona"da o'ynashni istaydi. Himoyachisining orzusi - jamoa bilan CHempionlar Ligasida sardor maqomida g'alaba qozonish.
Ronald Arauxo yanvar oyida Kataloniya grandi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Futbolchi joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasining beshta o'yinida qatnashib, bitta gol urdi.
Havola :
Fikrlar