17 jan 15:48
Yangiliklar
Futbol
Arbeloa jamoaning holati haqida: "Alonsoni ayblamayman"
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning hozirgi jismoniy holati haqida gapirdi.
Madrid klubi yaqindagina "Albasete"ga mag'lub bo'lib, Ispaniya Kubogini tark etdi.
- Jamoaning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?
- Odamlarning nimalar deyayotganini ko'ryapman. Ular mening Alonsoni tanqid qilishimni istashmoqda. Biroq ular nohaq.
"Albasete"ga qarshi o'yinda nimalar: g'oyasizlik, jismoniy holatning pastligi bo'lgan bo'lsa, barchasiga men javob beraman. "Real"da faqatgina bir bosh murabbiy bor va barchasi uning bo'ynida bo'ladi.
Antonio Pintus bilan jamoani har tomonlama yaxshilash borasida ish olib boryapmiz, - dedi Arbeloa.

Havola :
Fikrlar