11 fev 13:48
Yangiliklar
Futbol
Arbeloa "Real"da futbolchilar "diktaturasi"dan aziyat chekmoqda
Futbolchilar Alvaro Arbeloa tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga shubha bilan qaramoqda.
Bu holat Xabi Alonso davrida va Karlo Anchelottining klubdagi so'nggi mavsumida kuzatilgan vaziyatga o'xshash ekani takidlanmoqda.
Manbaga ko'ra, Arbeloa "Qirollik klubi"da mavjud bo'lgan futbolchilar tasiri — o'ziga xos "diktatura"dan aziyat chekmoqda. Takidlanishicha, ispaniyalik mutaxassis "qaymoqranglar" futbolchilari qanday usullardan foydalanishini shaxsan his qilmoqda va ayrim taktik qarorlar bo'yicha ikkilanishga tushmoqda. "Real" futbolchilari esa ayrim qarorlardan norozi ekanini ichki muhitda bildirmoqda, ammo bu holat jamoatchilikka oshkor etilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Alvaro Arbeloa 13 yanvar kuni madridning "Real" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar