17 noy 07:31
Yangiliklar
Futbol
Arda Gyuler Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
"Manchester Siti" klubi rahbariyati "Real" xavbeki Arda Gyulerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Turkiyalik futbolchining transferiga shaxsan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, ingliz grandi Gyuler uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Ammo, "Real" futbolchini juda qadrlaydi va uni boshqa jamoaga qo'yib yubormoqchi emas.
Gyuler La Liganing joriy mavsumida "Real" safida 12 ta o'yin o'tkazib, ularda 3 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Havola :
Fikrlar