24 jan 08:19
Yangiliklar
Tennis

Arina Almatida uchinchi raketkani mag'lub etdi
Qozog'isonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida uch nafar hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Ulardan Arina Folc ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi, avstriyalik Piya Konigga qarshi kortga chiqib, kuchli raqibasini 1:6, 7:5, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Bugun tennischilarimidan Kamola Umarova qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovaga, Albina Xabibulina esa franciyalik Karolin Romeoga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar