12 iyu 10:53
Yangiliklar
Dzyudo
Almaty Juniors Asian Cup 2026. Yoshlarimiz birinchi kun bellashuvlarida 9 ta medal qo'lga kiritishdi, 4 tasi oltin!
Qozog'iston mezbonlik qilayotgan Almaty Cadets and Juniors Asian Cup 2026 musobaqasining uchinchi kuni yoshlar o'rtasidagi bahslariga start berildi.
Dunyoning 12 davlati dzyudochilari qatnashayotgan turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kadetlarimiz singari ishonchni oqlashyapti. Ular ilk kungi bellashuvlarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Bugun yoshlar o'rta va og'ir vazn toifasida medallar uchun kurashga kirishishgan.
Birinchi kun shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Asadbek Misirov
Kumush medallar
-63 kg: Asal Karimjonova
-60 kg: Ramziddin Norboboev
-66 kg: Abdurahmon Sadullaev
Bronza medallar
-52 kg: Saodat Qoraboeva
-63 kg: Adina Abilqosimova










Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar