11 iyu 11:27
Yangiliklar
O'smirlarimiz Almaty Cadet Asian Cup 2026 turnirida 26 ta medal bilan birinchi bo'lishdi + FOTOGALEREYA
Quvonarlisi, 12 davlat ishtirokida kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Qozog'iston zaminida hammadan ko'p - 8 marotaba O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Qozog'iston terma jamoasi 7 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bittadan oltin va bronza medalini qo'lga kiritgan Xitoy Taypeyi terma jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.
Bugundan yoshlar o'rtasidagi musobaqa boshlandi. Dzyudochilarimizga ikki kunlik bellashuvlarda g'alaba va omad tilaymiz.
Almaty Cadet Asian Cup 2026. G'olib va sovrindorlarimiz
Oltin medal sohiblari
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-57 kg: Ziyoda Javlonova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-50 kg: Akbar SHarifov
-60 kg: Ozodbek Olimov
-73 kg: Toxir Qosimov
-81 kg: Jasurbek Turkmanov
-90 kg: Bilolbek Abdugapparov
Kumush medal sohiblari
-57 kg: CHarosoy O'ktamboeva
-50 kg: Safoxo'ja Sayfulloev
-66 kg: Mirsaid Jo'raev
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-90 kg: Elnur Xolmurodov
+90 kg: Alibek Durdiev
Bronza medal sohiblari
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Nozima Normurodova
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-52 kg: Nilufar SHuxratova
-63 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Dinora Samandarova
-70 kg: Ziyoda SHomurodova
-50 kg: Temurmalik Eshpo'latov
-66 kg: Lutfulloh Akbarov
-73 kg: Vohidjon SHermamatov
-81 kg: SHomurod SHomurodov
















Fikrlar