13 iyu 11:18
Yangiliklar
Almaty Juniors Asian Cup 2026. Yoshlarimiz 18 ta medal bilan 12 davlat orasida birinchi bo'lishdi
Quvonarlisi, yoshlarimiz ham kadetlarimiz singari dunyoning 12 davlati dzyudochilari qatnashgan turnirda medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlarda 7 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza, jami 18 ta medal qo'lga kiritishdi.
Qozog'iston ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikdan Xitoy Taypeyi terma jamoasi joy oldi.
Almaty Juniors Asian Cup 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Asadbek Misirov
-70 kg: Sevinch Rasulova
-90 kg: Behruzbek Rustamboev
-100 kg: Muhammadali Sadullaev
Kumush medallar
-63 kg: Asal Karimjonova
-60 kg: Ramziddin Norboboev
-66 kg: Abdurahmon Sadullaev
-78 kg: SHoira Aminova
-81 kg: Kamronbek Qodirov
-100 kg: Azamat Ablakulov
Bronza medallar
-52 kg: Saodat Qoraboeva
-63 kg: Adina Abilqosimova
-70 kg: Gulruxsor Xudarganova
-70 kg: Durdona Tursunova
+100 kg: Iskandar Mamayusupov










Fikrlar