11 jan 15:10
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Adelaide International 2 turniri startida 93-raketkaga yutqazdi
Avstraliyada WTA tasnifidagi Adelaide International 2 turniri davom etmoqda.
Jahonning ikkinchi raketkasi, belaruslik tennischi Arina Sobolenko musobaqa startida jahon reytingida 93-o'rinni egallab turgan shveciyalik Rebekka Petersonga mag'lub bo'ldi.
2 soatu 20 daqiqa davom etgan uchrashuvda Arina Rebekkaga 7/5, 1/6, 5/7 hisobida yutqazib qo'ydi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida shveciyalik sportchi 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
Adelaide International 2 turnirining ikkinchi bosqichida Peterson amerikalik Medison Brengl bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar