So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

28 iyu 17:00
Yangiliklar

Dzyudo

Armen Bagdasarov O'zbekiston dzyudo federaciyasida vaqtincha rais vazifasini bajaradi

Bugun poytaxtimizdagi Osiyo dzyudo markazida O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, shuningdek, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Sir emaski, o'zbekistonlik dzyudochilar Olimpiya va Osiyo o'yinlari, qita va jahon chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keladilar. Oldinda muhim musobaqa - Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari bizni kutib turibdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisining  birinchi o'rinbosari SHavkat Mo'minov boshqa ishga o'tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rahbar saylanishi lozim edi. Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala shu bo'ldi.

Yig'ilish qatnashchilarining taklif va mulohazalari, fikrlari inobatga olinib, O'zbekiston dzyudo federaciyasiga Olimpiya o'yinlari sovrindori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi Armen Bagdasarov vaqtinchalik rais vazifasini bajaruvchi etib saylandi.  

SHuningdek, konferenciya davomida Farxod To'raev O'zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanib, sportchilarimizni bevosita Osiyo o'yinlariga tayyorlaydigan bo'ldi.

Hisobot-saylov konferenciyasida federaciyaning yangi rahbari oldiga bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Osiyo o'yinlarida natijalar samaradorligini oshirish, dzyudoning ommaviyligini yanada ko'tarish, bu borada sportning ushbu turi ommaviyligini kerak bo'lsa futboldan ham oshirish asosiy vazifa qilib belgilandi.


Unga ko'ra, yaqin vaqt ichida mamlakatimizda dzyudoni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Yangi rahbariyat oldiga Respublikamiz bo'ylab selekciya ishlarini kuchaytirish, jismoniy baquvvat yoshlarni topib, ularni yangi nom sifatida terma jamoaga tayyorlab berish vazifasi qo'yildi. Bugungi kunda olib borilayotgan siyosatga monand, dzyudo ham aholi orasida eng quyi bo'g'indan, yani maktabgacha talim muassasasidan boshlab rivojlantiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing