17 avg 16:17
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" braziliyalik futbolchiga qiziqib qoldi
"Arsenal" "Palmeyras" himoyachisi Luis Benedettini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi jurnalist Diego Firmino.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 19 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
Himoyachi 2025 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning "Palmeyras" bilan shartnomasi 2029 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 500 ming evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : x.com/diegofirmino
Fikrlar