29 jan 10:44
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" CHempionlar ligasida tarixiy rekord qayd etdi
UEFA CHempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi umumiy bosqichining 8-turida "Arsenal" "Qayrat"ni 3:2 hisobida mag'lub etib, klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Squawka xabariga ko'ra, "kanonirlar" o'z tarixida ilk bor CHempionlar ligasida ketma-ket sakkizta o'yinda g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvlardagi umumiy to'plar nisbati esa 23:4 ni tashkil etmoqda.
Malumot uchun, "Qayrat"ga qarshi bahsga qadar "Arsenal" asosiy bosqichda "Atletik" (2:0), "Olimpiakos" (2:0), "Atletiko" (4:0), CHexiyaning "Slaviya" jamoasi (3:0), "Bavariya" (3:1), "Bryugge" (3:0) hamda "Inter" (3:1)ni mag'lub etgan edi.
Natijada, "Arsenal" 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oldi. "Qayrat" esa bir ochko bilan musobaqani 36-o'rinda yakunladi.
Havola :
Fikrlar